Jahon | 18:28 / 06.04.2017
7932
2 daqiqa o‘qiladi

Asad: “Suriyadan Yevropaga minglab terrorchilar borishi mumkin”

Suriyada 100 mingga yaqin terrorchilar jang olib bormoqda hamda ular Yevropa davlatlariga borishi mumkin. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Xorvatiyaning Večernji list gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Muammo fuqarolikda (terrorchilarning) emas. Bilasizki, terrorchilar butun dunyoga xuddi bir hududdek qarashadi. Shuning uchun sizning davlatingiz yoki Yevropaga tahdid faqatgina yevropaliklardan kelishi shart emas. Yevropalik aslida xavfliroq, sababi u bu hududda (Yevropada) o‘zini yaxshi his qiladi, biroq u qaytadi va boshqa davlatlardan bo‘lgan terrorchilarni... teraktlarni amalga oshirish uchun olib keladi. Shuning uchun Suriyadagi terrorchilar soni haqida gapirar ekanmiz, yuz minglab shunday shaxslar haqida aniq gapira olamiz... Kamida 100 ming. Albatta, ular keladi, ketadi va janglarda halok bo‘ladi", - deya aytib o‘tdi prezident Suriyada Bolqon davlatlaridan terrorchilar borligi haqidagi ma'lumotlarga ega ekani borasidagi savolga javob qaytarib.

Asadning ta'kidlashicha, Suriya tomoni terrorchilarning davlat hududiga va teskari yo‘nalish bo‘ylab harakat qilishiga oid aniq ma'lumotlarga ega bo‘la olmaydi, sababi Turkiya umumiy chegarani mustaqil ravishda nazorat qilmoqda hamda shu orqali Suriyaga jangarilar kirib kelishi va ular uchun barcha kerakli sharoitni yaratishga xizmat qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid