Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ikki shaxs ikki nafar himoyasiz ayolni qo‘rqitib, qimmatbaho buyumlarini olib chiqib ketdi
Ikki shovvoz bir kunning o‘zida ikki himoyasiz ayolni qo‘rqitib, ularning uyidan qimmatbaho buyumlarini olib chiqib ketishgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Endigina 23 yoshni qarshilagan bu yigitchalar o‘zlarining qing‘ir ishlarini oldindan rejalashtirib olishadi. So‘ngra o‘zlari yashagan Toshkent viloyati Piskent tumani “Oqtepa” MFYga qo‘shni bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani S.Segizbayev fermerlar uyushmasi 1-bo‘lim Shoxruhiya qishlog‘i hamda Bo‘ka tumani “Toshloq” MFYda istiqomat qilgan uy bekalariga do‘q-po‘pisa qilishib, 2 dona mobil telefonlari va sariq metalldan yasalgan 2 juft ziraklari, bundan tashqari 180 ming so‘m pullarini tortib olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida bu ikki hamtovoq qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etish sabablarini o‘rganish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026
Chirchiq shahrida ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
21:34 / 08.04.2026