Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
Toshkent viloyati Ekopolitsiya boshlig‘i o‘rinbosari hamda 8 tuman va shahar bo‘limlari boshliqlari lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Ekopolitsiya boshlig‘i Aziz Abduhakimov raisligida Toshkent viloyatida ekologik nazorat sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va huquqbuzarliklarga qarshi choralar samaradorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Toshkent viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi bir qancha kamchiliklar tanqid ostiga olindi. Xususan, ekologik nazorat sust olib borilgani, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda nazorat yetarli darajada emasligi, ekologik ekspertiza xulosasisiz va daryo muhofaza zonasida ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan obektlar bo‘yicha yetarlicha nazorat o‘rnatilmagani ta’kidlandi.
Shuningdek, Chirchiq daryosi o‘zanida noqonuniy qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi hamda muhofaza maydoniga chiqindilar joylashtirilayotgani holatlari bo‘yicha nazorat ta’minlanmagani qayd etildi. Shu bilan birga, har bir tuman va shahar faoliyati tanqidiy tartibda tahlil qilinib, ekologik nazoratni tashkil etishdagi sustkashlik va mas’uliyatsizlik holatlari ham aytib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga nisbatan qat’iy jazo choralari qo‘llangan. Xususan, Toshkent viloyati Ekopolitsiya boshlig‘i o‘rinbosari va sakkizta tuman hamda shahar bo‘limlari boshliqlari lavozimidan ozod etilgan. O‘z navbatida, Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va vazifalar belgilab berilgan.
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalariga Toshkent viloyati misolida o‘z faoliyati yuzasidan tegishli xulosa chiqarib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, nazorat samaradorligini oshirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan vazifalar yuklatildi.
Ta’kidlash joizki, ekologik nazorat respublikaning boshqa hududlarida ham kuchaytirilgan bo‘lib, har qanday mas’uliyatsizlik keskin jazo choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
15:39
“30 yoshdan oshgan” mashinalar egalaridan ekologik kompensatsiya undirish g‘oyasidan voz kechildi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
15:42 / 06.07.2026