Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Ozarboyjon TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017 yil 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ozarboyjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya Toshkentga MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi TIVning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarboyjonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi munosabatlarining hozirgi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, BMT va MDH kabi xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Hamkorlikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari aloqalarini kuchaytirish, yetkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini boyitish haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda Ozarboyjon Elchisi Huseyn Guliyev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
20:56 / 21.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
19:01 / 16.06.2026