Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aqldan ozayotgan» Oliy liga. «Qo‘qon» peshqadam, «Neftchi» so‘nggi o‘rinda
O‘zbekiston chempionatining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. 5-turdan keyin kutilmagan natijalar bilan birga turnir jadvalida ham kutilmagan jamoalar yetakchilikni qo‘lga oldi.
Qo‘qonda mahalliy klub mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan «Dinamo»ga qarshi maydonga tushdi va raqibni mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alabadan keyin «Qo‘qon» hisobidagi ochkolar soni 10taga yetdi va jamoa chempionatda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Dinamo» esa 9 ochko to‘plagan holda bir yo‘la beshta jamoa bilar 3-7 pog‘onalarni bo‘lishib turadigan bo‘ldi.
Namanganning «Navbahor» klubi esa o‘tgan turda «Paxtakor»ni yutib sensatsiya ko‘rsatgan «Mash'al»ni kichik hisobda taslim etdi. va natijada jamoa 10 ochko to‘plab peshqadam «Qo‘qon-1912» bilan tenglashib oldi. «Mash'al» esa 9 ochko bilan 3-7 o‘rinlarda qolib ketdi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan «Paxtakor» yangi bosh murabbiy bilan 5-turni boshladi va «Metallurg» ustidan g‘alaba qozondi. Ravshan Haydarov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 7taga yetdi va jamoa 8-o‘rniga ko‘tarilib oldi.
«Nasaf»ni qabul qilgan «Olmalik» futbolchilari ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari soni 4taga yetkazib oldi. Shuningdek bu turda «Buxoro» «Neftchi»ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi. Natijada O‘zbekistonning besh karra chempioni 5ta o‘yinda birorta ham g‘alaba erisha olmasdan haqli ravishda so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.
Oliy liga, 5-tur
«Qo‘qon-1912» – «Dinamo» 2:1 (1:0)
Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev (14), Filip Rayyevats (48) — Sardor Sulaymonov (80).
«Paxtakor» – «Metallurg» 1:0 (1:0)
Gol: Jasur Hakimov (12).
«Navbahor» – «Mash'al» 1:0 (0:0)
Gol: Hasan Ergashev (69).
Chetlatish: Zafar To‘rayev (73, Mash'al).
«So‘g‘diyona» – «Obod» 1:0 (0:0)
Gol: Sanjar Rashidov (89).
«Olmaliq» – «Nasaf» 1:0 (0:0)
Gol: Kamoliddin Murzoyev (49).
«Buxoro» – «Neftchi» 3:0 (2:0).
Gollar: Hamza Karimov (4, avtogol), Ivan Nagayev (44), Ivor Veytser (90).
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
11:39 / 10.04.2026
Superliga. «Neftchi» to‘xtatildi, Qo‘qonda mojaroli penalti va hakamlikdan norozi PFL
21:18 / 09.04.2026