Jahon | 13:47 / 07.04.2017
38843
5 daqiqa o‘qiladi

Bishkek hodisalariga 7 yil to‘ldi. Fotojamlanma

Bugun Qirg‘izistonning ikkinchi prezidenti Qurmonbek Bakiyev hokimiyat tepasidan ag‘darilganiga 7 yil to‘ldi. 

2010 yil hodisalari Talasda boshlangan bo‘lib, u yerda militsiyaning muxolifat tarafdorlari bilan ilk to‘qnashuvlari ro‘y berdi. Aynan o‘sha yerda birinchi bo‘lib davlat hokimiyati organlarining binolari egallab olindi, namoyishchilar ichki ishlar vaziri Moldomus Kongantiyevni garovga olishdi.

Shundan so‘ng namoyishlar poytaxt Bishkek shahrida ham sodir bo‘ldi. Ala-Too maydonidagi qonli hodisalar va “Oq uy”ning egallanishiga o‘sha yilning 6 aprel kuni muxolifat yetakchilarining qo‘lga olinishi sabab bo‘ldi.

24.kg nashri 2010 yilning 7 apreldagi hodisalarga bag‘ishlangan fotosuratlarni taqdim etdi.

Arxiv surati. Bishkekda 7 aprel kuni “Forum” binosi yonidagi militsiya bilan ilk to‘qnashuvlar

Arxiv surati. Militsiya yig‘ilganlarni ushlab tura olmadi, ilk jarohatlanganlar haqida ma'lumot paydo bo‘ldi

Arxiv surati. Muxolifat vakillari militsiya mashinasini ag‘darib tashlashdi

Arxiv surati. Aynan “Forum” binosi yonida namoyishchilar qo‘lida ilk bora qurol paydo bo‘ldi

Arxiv surati. Vaziyat nazoratdan chiqa boshladi, mashinalar yoqila boshlandi

Arxiv surati. Muxolifat vakillari “Oq uy” tomon qarab harakatlanishga chaqirmoqda

Arxiv surati. Namoyishchilar Ala-Too maydoniga qarab ketishmoqda

Arxiv surati. Guvohlarning eslashicha, “Forum” binosidan Bishkek markaziga ancha tajovuzkor omma yo‘l olgan

Arxiv surati. Muxolifat tarafdorlari Chuy prospekti va Shopokov ko‘chasi kesishmasida

Arxiv surati. “Oq uy”ga militsiya qo‘shimcha kuchlari yetib kelmoqda

Arxiv surati. Bishkek markaziga maxsus kiyimdagi militsiya xodimlari yetib kelmoqda

Arxiv surati. Ala-Too maydonida militsiyaning birinchi “zanjiri”

Arxiv surati. Militsiya xodimlari kechga borib namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar nimalarga olib kelishi mumkinligini tushunishmagan ham

Arxiv surati. “Oq uy”ni qurshab olgan militsiya

Arxiv surati. Namoyishchilar bronetransportyorni egallab olishdi

Arxiv surati. “Oq uy”ga ilk hujumlardan biri, mashina merganlar tomonidan o‘qqa tutildi

Arxiv surati. 2017 yilning martida Ala-Too maydonida IIV akademiyasi ikki talabasining halokati bilan bog‘liq jinoiy ish qayta qo‘zg‘atildi

Arxiv surati. Militsiya maydonda yig‘ilganlarga qarshilik ko‘rsata olmay qoldi

Arxiv surati. Muxolifat vakillari darvozalarni sindirib, “Oq uy” hududiga kirishmoqchi

Arxiv surati. Namoyishchilar “Oq uy”ga kirib kelishdi

Arxiv surati. Aynan shu darvozalarda eng ko‘p inson halok bo‘ldi

Arxiv surati. Namoyishchilar yaralangan va halok bo‘lganlarni o‘zlari olib chiqib ketishgan

Arxiv surati. Militsiyadan olib qo‘yilgan qalqonlar o‘qlardan asrab qola olmagan

Arxiv surati. 7 aprel kuni “Oq uy” yonida norozilik namoyishi ishtirokchisi va militsiya xodimlaridan 87 nafari halok bo‘ldi

Arxiv surati. Ala-Too maydonida uch yuzdan ortiq inson jarohat oldi

Arxiv surati. “Oq uy” yonidagi yonayotgan mashinalar

Arxiv surati. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari Ala-Too maydonida ilk yaralanganlar haqida ma'lumotlar paydo bo‘lishi bilan ishga kirishishdi

Arxiv surati. Shifokorlar o‘zlariga ham hujum qilishganiga qaramay yordam ko‘rsatishmoqda

Arxiv surati. Bosh prokuratura binosidagi yong‘inning ilk kadrlari

Arxiv surati. Namoyishchilar qo‘lida faqatgina muxolifat partiyalar bayroqlari bo‘lmagan

Arxiv surati. “Oq uy” maydonida bir necha xizmat mashinalari yoqib yuborildi

Arxiv surati. Hujum bilan egallangan “Oq uy” zinalarida

Arxiv surati. 2010 yilning 7 aprel kuni hokimiyat tepasidan ag‘darilgan Qurmonbek Bakiyevning portreti

Mavzuga oid