Jamiyat | 15:07 / 07.04.2017
10137
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yangi usul yordamida 2 yoshli bola jigarining zararlangan qismlari kesib tashlandi

Shanxaylik shifokorlar innovatsion uslub bo‘yicha saraton bilan og‘rigan ikki yoshli bola jigarini muvaffaqiyatli ravishda rezeksiya qilishdi (biror a'zoni yoki uning bir qismini kesib tashlash). Shanghai Daily gazetasining yozishicha, amaliyotning noyobligi jigarni butunlay emas, balki uning faqatgina metastazalar bilan zararlangan qismlarini olib tashlanishidadir.

Gepatoblastoma (jigarning embrional hujayralaridagi salbiy o‘simta)dan aziyat chekkan bola Fudan universiteti qoshidagi kasalxonada ALPPS (Associated Liver Partition and Portal vein ligation for Staged hepatectomy) nomini olgan jigarni ikki bosqichli rezeksiyasining yangi uslubi bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. Bu uslub darvoza tomirining pastki qismini bog‘lab qo‘yish va keyinchalik jigar parenximasi (asosiy funksional to‘qima)ni o‘ylangan rezeksiya liniyasi bo‘ylab venaning quyi pardasiga qadar ajratishni nazarda tutadi. Shundan so‘ng shifokorlar jigarning sog‘lom qismi hajmi kattalashishini rezeksiyani boshlash uchun kutishadi.

Shanxayda jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan bolada jigarning faqatgina 32 foizi salbiy birikmalarga ega bo‘lmagan, qolgan qismi esa vena bog‘lab qo‘yilgani va jigar parenximasi ajratilganidan to‘qqiz kun o‘tib, yangi uslub yordamida kesib tashlandi. Shifokorlar bola barqaror holatda ekanini ma'lum qilishgan.

Bu Xitoyda bolalar jarrohligida ALPPS uslubi muvaffaqiyatli ravishda qo‘llangan ilk tajriba bo‘ldi.

Mavzuga oid