Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosov “Qirol kubogi-2017” finalida ringga chiqmaydi
Avval xabar berganimizdek, Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan Qirol kubogi-2017 musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt nafar a'zosi Hasanboy Do‘smatov, Elnur Abduraimov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov finalga yo‘l olgandi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining xabar qilishicha, terma jamoa murabbiylari Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosovni musobaqa final jangiga chiqarmaslikka qaror qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad - murabbiylar bokschilarni kutilmagan jarohat orttirib olishdan saqlashni ko‘zda tutgan.
Qolgan ikki nafar bokschimiz - Elnur Abduraimov va Isroil Madrimov esa final uchrashuvida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 30 aprel-7 may kunlari o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
17:24 / 06.01.2025