Özbekistonlik boksçi Şahram Ğiyosov yarim örta vaznda (66,7 kg) WBA Regular kamari uçun jang ötkazdi.
U Misrning Giza şahridagi Pyramids of Giza arenasida britaniyalik Jyek Katterolga qarşi ringga çiqdi. Jang 12 raund davom etdi va Jyek Katterol hakamlarning yakdil qarori bilan ğolib deb topildi.
Bu Şahram Ğiyosovning professional boksdagi ilk mağlubiyati böldi. U bunga qadar 17ta jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan va 10ta jangda raqiblarini nokautga uçratgandi.
Uning raqibi esa bugunga qadar 34ta jang ötkazgan bölib, 32 ğalabaga erişgan, 2ta jangda mağlub bölgan, 14ta jangni nokaut bilan yakunlagan.
Şahram Ğiyosovning sönggi jangi 2025 yil 12 aprel kuni bölib ötgandi. Öşanda özbekistonlik boksçi argentinalik Franko Okamponi 4-raundda nokautga uçratgandi.








