Sport | 21:41 / 08.04.2017
8585
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» va «Arsenal» da'vogar murabbiy o‘z jamoasida qoladigan bo‘ldi

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda La Stampa nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, italiyalik mutaxassis tez orada jamoasi bilan 2020 yilga qadar mo‘ljallangan shartnmoa imzolaydi. Shartnomaning moliyaviy shartlari oshkor qilinmayapti.

Oldinroq, 49 yoshli murabbiyga Yevropaning bir qator grand jamoalari, jumladan, «Barselona» va «Arsenal» qiziqish bildirgandi. Biroq mutaxassis bu takliflarga rad javobini bergan.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda u jamoani ketma-ket oltinchi mavsum Italiya chempionligi sari yetaklab kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid