Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bola oromgohda tibbiy ko‘rikdan o‘tolmasa - ota-onasiga yo‘llanma qiymatining 85 foizi qaytariladi
Xalq ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori bilan yangi Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi Norma.uz.
Yangi Nizomda bolalarni oromgohga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan.
Demak, statsionar oromgohga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
• Oromgoh egasi (Balansda saqlovchi) tomonidan beriladigan yo‘llanma;
• bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
• bolaning sog‘lig‘i haqida tibbiy ma'lumotnoma (079/x-shakl).
Qo‘shimcha ravishda statsionar oromgohga qabul qilishda bolalar ushbu oromgoh tibbiyot xodimlari ko‘rigidan o‘tkaziladi. Agar bolada biror kasallik alomati aniqlansa, u oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanishi uchun 3 kun beriladi. Bola ko‘rsatilgan muddatda davolanib kelgan taqdirda u oromgohga qabul qilinadi va joriy smenaning yakuniga qadar dam oldiriladi. Davolanish muddati 3 kundan ortiq davom etsa, ota-onaning 10 kun ichida berilgan arizasiga asosan Balansda saqlovchi oromgohga yo‘llanmani qaytarib oladi va yo‘llanma uchun to‘langan mablag‘ning 85 foizini to‘lovchiga qaytaradi.
Kunduzgi oromgohga esa quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• ota-onalarning oromgoh rahbari nomiga arizasi;
• ota-onalardan birining pasporti nusxasi;
• bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
• bolaning sog‘lig‘i haqida tibbiy ma'lumotnoma (079/x-shakl);
• to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Belgilanishicha, oromgohlarda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.
Endilikda oromgohda bolalarni sog‘lomlashtirish muddatlari Balansda saqlovchi (ilgari – hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati) tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari endilikda Balansda saqlovchi oromgoh rahbarini tayinlashni kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishishi shart emas.
Belgilanishicha, oromgohning har bir to‘garagida kamida 10 nafar bolalardan iborat guruhlar tashkil etiladi. To‘garak mashg‘ulotlari uchun haftada 4 akademik soat (sayyohlik-o‘lkashunoslik to‘garaklari uchun haftada 6 akademik soat) ajratiladi. To‘garaklarning faoliyati bepul amalga oshiriladi.
Hujjat 2017 yil 3 aprelda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:15 / 15.06.2026
Rossiya chet el fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytirdi
15:39 / 12.03.2026
Pedagoglar uchun har yillik majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
14:43 / 23.12.2025