Nizom loyihasida qayd etilişiça, tibbiy körik davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va taşkilotlarida xizmat qilayotgan xodimlarni qamrab oladi. Biroq tibbiy körikdan ötkazişning boşqaça tartibi belgilangan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan mazkur qoidalar qöllanmaydi. Şuningdek, idoraviy tibbiyot muassasasi orqali tibbiy xizmat körsatiladigan davlat organlari xodimlari uçun ham uşbu nizom tatbiq etilmasligi nazarda tutilgan.
Nizomga köra, xodimlar özlari biriktirilgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida profilaktik va skrining dasturlari asosida tibbiy körikdan ötkaziladi. Körik oilaviy şifokorlar va tor soha mutaxassislari tomonidan amalga oşiriladi.
Tibbiy körik kafolatlangan tibbiy yordam hajmlari doirasida bepul ötkaziladi. Kafolatlangan paketga kirmaydigan xizmatlar esa belgilangan tartibda pulli asosda körsatilişi mumkin.
Taşkiliy jihatdan, iş beruvçi kasaba uyuşmasi qömitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 fevral kuniga qadar tibbiy körikdan ötişi lozim bölgan xodimlar röyxatini şakllantirib, tibbiyot birlaşmalariga taqdim etadi. Tibbiyot birlaşmalari esa har yil 10 fevral kuniga qadar kalendar rejani tasdiqlab, tibbiy körikni odatda kalendar yilning birinçi yarim yilligi davomida taşkil etadi.
Körik iş vaqti davomida ötkazilib, bu vaqtda xodimning iş joyi (lavozimi) va mehnatga haq tölaş şartlari saqlanişi belgilangan. Natijalar “Elektron soğliqni saqlaş” axborot tizimida elektron tibbiy kartaga kiritilib, xulosa hrm.argos.uz platformasidagi xodimning şaxsiy yiğma jildiga avtomatik yuboriladi.
Nizomda tibbiy körikning sifatli ötkazilişi uçun tibbiyot muassasasi rahbarining, xodimlarning öz vaqtida körikdan ötişini ta’minlaş va körikdan ötmagan xodimlarni işga qöyiş oqibatida kelib çiqişi mumkin bölgan holatlar uçun esa iş beruvçining javobgarligi belgilab qöyilgan.

















