Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan hujjatga muvofiq, çet el fuqarolari uçun majburiy tibbiy körikdan ötiş tartibiga özgartişlar kiritildi.
Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi konsullik bölimi ma’lumotiga köra, yangi tartib 2026 yil 1 sentabrdan kuçga kiradi. Unga muvofiq, Rossiya hududiga kirgan çet el fuqarolari 30 kalendar kuni içida majburiy tibbiy körikdan ötişi lozim böladi. Avval mazkur muddat 90 kunni taşkil etgan.
Qonunçilikka köra, tibbiy körikdan ötişdan boş tortgan yoki uşbu talabni bajarmagan şaxslarga 25 ming rubldan 50 ming rublgaça jarima solinadi. Şuningdek, qoidabuzarlar ma’muriy tartibda Rossiyadan çiqarib yuborilişi mumkin.
Bundan taşqari, belgilangan jarima öz vaqtida tölanmagan taqdirda uning miqdori ikki baravarga oşiriladi va çet el fuqarosi mamlakatdan majburiy ravişda çiqarib yuboriladi.
Yangi özgartişlar doirasida xavfli kasalliklar mavjud emasligi haqida soxta tibbiy ma’lumotnomalar tayyorlaş yoki tarqatiş uçun ham jinoiy javobgarlik joriy etildi.
Rossiyadagi Özbekiston elçixonasi mamlakatda bölib turgan vatandoşlarni amaldagi migratsiya va tibbiy talablarga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.

















