Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2003 yilning 9 aprelida Saddam Husaynning haykali buzib tashlanishi voqealari
14 yil avval, 2003 yil 9 aprelda AQSh armiyasi Bag‘dodga kirib, iroqliklar bilan birga Saddam Husaynga Al-Firdavs maydonida o‘rnatilgan haykalni buzib tashlagan.
Haykalning buzilishi quyidagicha kechgan. Dengiz piyoda askarlaridan biri haykal boshiga AQSh bayrog‘ini ilib qo‘ygan. Bundan keyin haykal arqonlar bilan o‘rab chiqilib, olomonning hayqirig‘i ostida kranda tortib ag‘darilgan.
Saddam Husaynning yurtdoshlari oldidagi so‘nggi chiqishi AQSh qo‘shinlari Bag‘dodga kirib kelgan sana bilan belgilangan. Husayn bu nutqini Bag‘dod shimolidagi bunker yonida so‘zlagan.
2003 yil 12 aprelda Bag‘dod uchun kurash shaharning AQSh qo‘shinlari tomonidan to‘liq olinishi bilan yakunlangan. Husayn tuzumi va yetakchi "Baas" partiyasi ag‘darilgan.
Shu voqelardan 13 yil o‘tgach bir vaqtlar Husayn uchun mototsikllarni ta'mirlagan Kadim al-Jaburiy "Bi-bi-si" telekanaliga o‘sha voqealar haqida so‘zlab bergan. Uning aytishicha, al-Jaburiyning oilasidagi 15 kishidan 14 nafari Husayn tuzumi vaqtida jazolangan. Kadimning o‘zi ham 1,5 yil turmada o‘tirib chiqqan.
Aynan Kadim Husaynning haykali buzib tashlanishi vaqtida jon achig‘ida haykalning asosiga bosqon bilan zarbalar bergan. U bir harbiyga AQSh bayrog‘i o‘rniga ilib qo‘yish uchun Iroq bayrog‘ini bergan. Kadimning aytishicha, keyinroq u AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler yolg‘onchi ekanliklarini anglab yetgan: ular Iroqni tiklashmagan, ular uni yer bilan bitta qilishgan.
"Men shu haykaldan qolgan poydevor yonidan o‘tar ekanman, uyat va sharmandalikni his qilaman. Men o‘zimdan "Nima uchun men bu haykalni ag‘dardim?" deb so‘rayman.Men uni qayta tiklashni istardim. Mening 15 kishilik oilamdan 14 kishi Saddam tuzumidan aziyat chekkan. Shuning uchun amerikaliklar kelib, Saddam tuzumini ag‘darishganda men xursand bo‘lgandim. Men bosqonim bilan haykalning poydevorini buza boshladim, men uni qulatishni istardim. Haykal qulatilishidan avval amerikalik harbiy uning yuz qismiga AQSh bayrog‘ini ilib qo‘ydi. Men buni qabul qila olmadim va unga Iroq bayrog‘ini berdim. Keyin esa vaziyat yildan-yilga yomonlashib bordi. Korrupsiya, qotilliklar, ichki kurash, kafando‘zlik avj oldi. Saddam odamlarni o‘ldirdi, biroq uning jinoyatlari hozirgi hukumatning jinoyatlari oldida hech narsa emas. Saddam ketdi, biroq uning o‘rniga minglab yangi Saddamlar keldi. Menda Iroq bizdan go‘yoki o‘g‘irlab qo‘yilgandek his bor. Bush va Bler o‘ta ketgan yolg‘onchilardir. Ular Iroqni vayron qilishdi va bizni o‘rta asrlar yoki undan ham ertaroqqa qaytarishdi. Bu jinoyat edi, men ularni shu qo‘llarim bilan o‘ldirgan bo‘lardim", deb o‘kinadi Kadim.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026