Alisher Usmonov O‘zbekistonda o‘z futbol klubiga ega bo‘lishi mumkin
Rossiyada faoliyat olib boradigan, asli o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov Toshkentning «Paxtakor» klubi aksioneriga aylanishi mumkin. Bu haqda SA nashri xabar tarqatdi.
«Toshkentda mish-mish avjida. Emishki «Arsenal» klubining egalaridan biri bo‘lgan Alisher Usmonov «Paxtakor» aksiyadoriga aylangan. Kuni kecha u ilk marotaba O‘zbekiston davlat kanaliga ham intervyu bergan edi. Ikki davlat o‘rtasida kelishilinayotgan loyihalarning istiqboli to‘g‘risida gapirib o‘tgan milliarder «Paxtakor»ni rostdan ham boshqaradimi yoki yo‘q, bu savolga klubdan hozircha hech qanday rasmiy ma'lumot yo‘q», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha yil muqaddam, Alisher Usmonov «Navbahor» klubini sotib olishi mumkinligi haqida gaplar chiqqan, biroq bu ham mish-mishligicha qolib ketgandi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.10.2024
Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin
15:10 / 14.10.2024
Bild: Usmonov ARD jurnalisti ustidan prokuraturaga ariza berdi
21:22 / 01.10.2024
Alisher Usmonov Germaniya sudida yana bir bor yutib chiqdi
20:26 / 27.09.2024