Diniy majmualar oçilişi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
|14:00 / 21.03.20268 83614 min
Bayram arafasida tantanali oçilişlar: Toşkent va Samarqandda diniy majmualar, Olmaliqda esa $2,7 milliardlik fabrika iş boşladi. Notariusdagi naqd oldi-berdilar bankka köçadi: uy va avtomobil sotuvlarining yangi tartibi belgilandi. Tadbirkorning böyniga peşlavha “soliği”: Toşkentda “qonuniy, lekin adolatsiz” buzişlar yana avj oldi.
Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim voqealari – Kun.uz dayjestida.
Bayram oldidan oçilişlar
Hayit va Navröz bayramlari arafasida bir neçta yirik obektlar foydalanişga topşirildi. Toşkentda qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqandda qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasi şular jumlasidan. Prezident taşriflaridan keyin, har ikkala majmua ham keng jamoatçilik uçun öz eşiklarini oçdi.
8 yil davomida qurilgan mahobatli Islom sivilizatsiyasi markazi – Toşkentning maşhur Hazrati Imom majmuasi hududida, 10 gektar maydonni egallagan. Törtta darvozadan asosiysi – Uluğbek darvozasi peştoqiga Qur’oni karimning ilk nozil bölgan oyati – “Yaratgan Robbing nomi bilan öqi” kalomi bitilgan. 65 metrlik gumbaz ostida esa Usmon Muşafi va turli sulolalar davrida yaratilgan 114 ta nodir Qur’on qölyozmalarini özida jamlovçi Qur’oni karim zali joylaşgan.
Markazning uç qavatli binosidan ekspozitsiya zallari, zamonaviy texnologiyalarga ega muzey va kutubxona, anjumanlar zali, qölyozmalarni restavratsiya qiliş va elektron nusxa oliş laboratoriyasi, nodir qölyozmalarni saqlaş fondlari, öquv zallari, xalqaro taşkilotlar va ilmiy muassasalarning ofislari ham örin olgan.
Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, Islom sivilizatsiyasi markazi har bir insonga, ayniqsa yoşlarga xalqimiz qançalik buyuk tarixga ega ekanini anglaşiga yordam beradi. Davlat rahbari bu butun musulmon ummatiga xizmat qiladigan maskan bölişiga tilak bildirdi: “Mana şunday koşonalar – özbek xalqimizga, buyuk musulmon ummamizga juda katta xizmat körsatadi, degan umiddaman”.
Oçiliş va iftorlik marosimida taniqli tadbirkor Alişer Usmonov ham iştirok etdi. Uşbu markazni bunyod etiş böyiça 2017 yilda qabul qilingan prezident qarorida
, markazning ma’muriy va asosiy binolarini quriş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş işlari Usmonovning homiylik xayriya mablağlari hisobidan amalga oşirilgan. 2019 yilda biznesmen Islom sivilizatsiyasi markaziga 8 mln dollarlik nodir kitoblar jamlanmasini
Majmuaga kiriş pulli: Özbekiston fuqarolari uçun guruh tarkibidagi 2 soatlik tur narxi bolalarga 25 ming, kattalarga 60 ming söm. Individual taşrif uçun tarif – 120 ming söm. Çiptani kiriş joyidagi kassadan yoki iTicket.uz saytidan sotib oliş mumkin.
Imom Buxoriy majmuasiga kelsak, rekonstruksiyadan keyin ziyoratgoh maydoni 44 gektargaça kengaygan. Ulkan maqbara ham qayta qurilgan; 10 ming kişilik masjid barpo etilgan (juma kuni unda ilk hayit namozi öqildi). Ziyoratgohning tört burçagida esa 75 metrlik minoralar qad rostladi. Majmuadan Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazining ma’muriy binosi va buyuk muhaddisga bağişlangan muzey ham joy olgan. Atrofda esa uçta mehmonxona va 20 dan ortiq oilaviy mehmon uylaridan iborat turistik infratuzilmani köriş mumkin.
Xivaga tezyurar poyezd boradi
Toşkent–Xiva–Toşkent yönalişida yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi qatnovi 1 maydan boşlanadi. Bu haqda prezidentning Samarqandga taşrifi doirasida transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi. Davlat rahbari seşanba kuni jamoatçilik vakillari bilan birga Samarqand şahridan Narpay tumaniga yangi poyezdda bordi.
Bu – Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan sotib olinayotgan 6 ta poyezddan birinçisi. Qolgan beşta tarkib yil oxirigaça olib kelinişi kutilyapti. Ular soatiga 260 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi. 7 ta vagondan iborat tarkib VIP, biznes va ekonom toifalarida jami 390 nafarga yaqin yölovçi taşiydi. Poyezd Özbekiston iqlimi uçun maxsus işlab çiqilgan bölib, juda yuqori va juda past haroratlarga, çang-qum böronlariga çidamli va uzoq masofalarga möljallangan, deyiladi rasmiy xabarda.
Şavkat Mirziyoyev Samarqandga yangi keltirilgan elektrobuslar bilan ham tanişdi: hozirça Xitoydan 49 mln dollarlik 100 ta elektrobus olib kelingan bölib, keyingi bosqiçda yana 250 ta elektrobusga buyurtma beriş reja qilingan. Buning uçun Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki 120 mln dollar ajratişi kutilyapti. Taşrif davomida, şuningdek, viloyatda 2,4 mlrd dollarlik 53 ta investitsion loyiha işga tuşirilib, yana 4,6 mlrd dollarlik 53 ta loyiha böyiça quriliş işlariga start berildi.
Qöşaloq bayramlar arafasida işga tuşirilgan loyihalar orasida eng yirigi – Olmaliqdagi 3-mis boyitiş fabrikasi. Loyihaning şu hafta ma’lum qilingan umumiy qiymati – 2,7 mlrd dollar. Aynan duşanba kuni işga tuşirilgan birinçi liniya qançaga tuşgani esa hozirça ma’lum emas.
Fabrika töliq işga tuşganidan keyin yiliga 60 million tonnagaça ma’danni qayta işlab, 900 ming tonnaga yaqin mis konsentratini işlab çiqaradi. Natijada kombinatdagi mis konsentratining kunlik hajmi hozirgi 2400 tonnadan 5000 tonnaga yetişi kerak.
Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, “Yoşlik-1” va “Qalmoqqir” konlarida 45 million tonna mis, 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxirasi bor. Prezident zaxiralarning naqadar möl-köl ekaniga urğu berib, bunday kölamdagi kafolatlangan xomaşyo bazasi mahalliy sanoat uçun kamida 100 yilga yetişini ta’kidladi.
Oçiliş marosimida qiymati 2,5 milliard dollarlik yangi mis eritiş zavodini quriş işlari ham boşlab yuborilgani e’lon qilindi. Bundan taşqari, 4-mis boyitiş fabrikasi böyiça ham loyihaoldi işlari ketyapti. Rasmiylarga köra, bu yangi loyihalar işga tuşganida, Olmaliq kombinati mis işlab çiqariş böyiça dunyodagi uçta eng yirik kompleksdan biriga aylanadi.
Ayni paytda, 3-mis boyitiş fabrikasining keyingi navbatlari qaçon işga tuşişi haqida ma’lumot yöq. Eslatib ötamiz, fabrika qurilişi 2021 yil iyul oyida boşlangan edi. Öşanda loyiha qiymati 2 mlrd dollarga baholanib, birinçi liniyani işga tuşiriş 2023 yil avgust oyiga reja qilingandi. Ma’lumot uçun, rejadan 2,5 yilga keçikkan, narxi esa hozirça 35 foizga oşgan loyiha pudratçilari sifatida Enter Engineering va Rossiyaning “Uralmaşzavod” kompaniyalari tanlangan.
Notariusdan oldin – bankka...
Uy va avtomobil oldi-sotdisida banklar oladigan komissiya miqdori ma’lum böldi. Xabaringiz bölsa kerak, 1 apreldan boşlab köçmas mulk obektlari va işlab çiqarilganiga 10 yildan oşmagan transport vositalari oldi-sotdisi majburiy ravişda bank orqali öta boşlaydi. Bunda, xaridor bitimda körsatilgan summani bankdagi eskrou hisobvarağiga qöyişi kerak. Banklar bitim notariusda tasdiqlanganidan keyin mablağni sotuvçining hisobraqamiga ötkazib beradi.
Çorşanba kuni Markaziy bank eskrou hisobraqamlari bilan boğliq bitimlarga xizmat körsatişda davlat banklari undirişi mumkin bölgan komissiyalarning maksimal çegarasini e’lon qildi. Unga köra, köçmas mulk oldi-sotdisidagi komissiya BHMning 50 foizi, ya’ni 206 ming sömdan oşmaydi. Avtomobillar böyiça esa komissiya BHMning 25 foizi, ya’ni 103 ming sömdan oşmasligi belgilab qöyildi. Bu çeklov xususiy yoki çet el banklariga taalluqli emas, ular komissiya miqdorini mustaqil belgilaşi mumkin.
Bu yangi tartib qanday işlaşi böyiça tegişli nizom ötgan hafta davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga köra, 1 apreldan boşlab köçmas mulk va avtomobillar oldi-sotdisini rasmiylaştiriş jarayoni quyidagiça keçadi. Eng avvalo, xaridor, ya’ni uy yoki maşina olayotgan odam bankka borgan holda yoki bankning ilovasi orqali ariza berib, bank bilan eskrou hisobvaraği böyiça şartnoma tuzadi. Kelişilgan pul eskrou hisobvarağiga kiritilganidan keyin, sotuvçi va xaridor notariusga boradi. Notarius eskrou-hisobda mablağ bor-yöqligini elektron tizim orqali tekşiradi va şartnomani tasdiqlab, bu haqda tizim orqali bankka xabar yuboradi. Bank notariusdan xabar olgan kuni eskrou-hisobdagi pulni sotuvçining söroviga köra yo uning hisobraqamiga ötkazib beradi, yoki naqd şaklda qöliga beradi.
Markaziy bank izohiga köra, agar xaridor va sotuvçiga bitta bankda xizmat körsatiladigan bölsa, komissiya faqat bir marta olinadi. Agar xaridor va sotuvçining banklari boşqa-boşqa bölsa, har bir bank belgilab qöyilgan maksimal komissiyaning uzoği 50 foizini olişi mumkin. Agar bitim amalga oşmasa yoki bekor qilinsa, eskrou-hisobdagi mablağ xaridorga qaytariladi.
Soliq qarzini svetga boğlaş sinab köriladi
Aholidan soliq qarzini undiriş böyiça Namangan viloyatida ötkaziladigan eksperiment 16 apreldan boşlanadigan böldi. Şu sanadan e’tiboran, mol-mulk va yer soliğidan umumiy qarzi 1 mln sömdan oşgan namanganliklar elektr energiyasiga tölov qilolmay qoladi. Bu tartib hozirça faqat şu viloyatda, tajriba-sinov tariqasida joriy etilyapti. Sinov natijalariga asosan, undiruvning bunday çorasini boşqa hududlarda ham qöllaş yoki qöllamaslik haqida 1 oktyabrgaça tegişli takliflar işlab çiqiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi har xil gap-sözlardan keyin, Soliq qömitasi bu eksperiment ehtiyojmand aholiga nisbatan tatbiq etilmasligini aytib çiqdi. Ya’ni Namangandagi boquvçisini yöqotgan oilalar, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan şaxslar, nogironlar va qonunçilikda belgilangan boşqa imtiyozli toifalar – soliqdan qarzi 1 mln sömdan oşib ketgan taqdirda ham, elektr energiyasi uçun çeklovsiz pul tölay oladi.
Soliq qömitasi öz bayonotida “abonent hisobida pul bölsa ham svet öçaveradi” degan talqinlarni rad etdi. Qömitaga köra, soliq qarzi 1 mln sömdan oşgan jismoniy şaxslar avvaliga bir neça marta ogohlantiriladi, şundan keyin ham qarzini tölamasa, elektr energiyasi uçun tölov qilişiga çeklov kiritiladi. Çeklovni yeçiş uçun esa, 1 mln sömdan ortiq qarzdorlikni tölaşga töğri keladi.
Eslatib ötamiz, “qarzing bölsa, svetsiz qolasan” degan qoida ilk marta ötgan yili, çiqindidan qarzdorlikka nisbatan yölga qöyilgan edi. Bundan taşqari, 2026 yil 1 iyuldan e’tiboran, “kvartplata”ni har oyning 15-sanasigaça tölamagan mulkdorlar ham elektr energiyasiga tölov qilolmay qoladi.
Qayd etiş lozim, çiqindi qarzdorligini elektr töloviga boğlaş qonun orqali yölga qöyilgan edi. Soliq va “kvartplata” masalasi esa hali qonunlarga kiritilmagan. Kiritilgan taqdirda ham, tanqidçilar bunday amaliyotga nisbatan avvalo inson huquqlari, qolaversa şartnomaviy munosabatlar nuqtayi nazaridan köplab savollar borligini aytib keladi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Regulyator boşqaruvi yanvar oyidagi yiğilişdan keyin “keyingi majlisda stavkani pasaytirişimiz mumkin” degan signalni jönatgan edi, lekin keyin vaziyat özgarib ketdi: Yaqin Şarqdagi uruş fonida bazaviy inflatsiya oşgan. Markaziy bank endi voqealar rivojiga qarab stavka kötarilişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ayni paytda, inflyatsion xatarlar oşganiga qaramay, söm kursiga nisbatan sezilarli bosim yöqligi aytilyapti. Çunki asosiy savdo hamkorlarimizning valutalari böyiça kutilmalar ijobiy, oltin narxi yuqori, eksport va pul ötkazmalaridan tuşumlar esa barqaror ösib borişi prognoz qilinyapti.
Xorijdan pul ötkazmalari bilan boğliq ijobiy tendensiyalar davom etyapti. Markaziy bank ma’lumotiga köra, 2025 yilda Özbekistonga pul ötkazmalarining kirib kelişi 28 foizga oşib, 19 mlrd dollarga yetgan. Sönggi 3 yilda transfertlar Qozoğistondan 25 foizga, AQŞdan 50 foizga, Janubiy Koreyadan 2,1 barobarga, Turkiyadan esa 2,5 barobarga oşgan. Ötgan yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Özbekistonga 2020 yildagiga qaraganda 4 barobarga köp – 563 mln dollar mablağ jönatilgan. 2025 yilda Koreya Respublikasidagi özbekistonlik rezidentlar soni salkam 100 ming kişiga yetgani ham e’tiborga molik.
Toşkent şahrida dökon peşlavhalariga qaratilgan reydlarning yangi tölqini kuzatildi. Rasmiylar aksariyat peşlavhalarni noqonuniy deb e’lon qilib, ularni oldirib taşlamoqda. Avvalgi yillarda qabul qilingan hukumat qarorlariga köra, dökon nomi yoki şunçaki “dorixona” deb yozilgan peşlavhalar ham 1 kvadrat metrdan katta bölsa, taşqi reklama hisoblanadi. Taşqi reklamani örnatiş uçun esa tegişli tartibda ruxsat olib, keyin har oy majburiy yiğimni tölab boriş kerak. Biznes-ombudsman bu tartib adolatsiz ekanini e’tirof etganiga qaramay, bu adolatsizlikni töxtata olmayapti. Kuni keça deputat Bobur Bekmurodov ham tadbirkorlar himoyasiga çiqib, mas’ullarni insofga çaqirdi. “Poytaxtimiz estetikasi tadbirkorning “belini sindiriş” evaziga bölmasligi kerak”, dedi u.
Internetda sökinganlar javobgarlikka tortiladi. Qonunçilik palatasidan ötgan qonunga asosan, internetda uyatli sözlar bilan sökinganlik uçun ma’muriy javobgarlik kiritilyapti. Şuningdek, haqoratomuz şilqimlik qiliş, jamoat tartibini va fuqarolar osoyiştaligini buziş, harbiy harakatlarda qatnaşişni tarğib qiluvçi material tarqatiş kabi harakatlar uçun ham alohida ma’muriy javobgarlik böladi. Bundan taşqari, özi sodir etgan huquqbuzarlikni internetda tarqatgan şaxslarga ham çora körilişi kutilmoqda. Aynan qanaqa sanksiyalar haqida gap ketayotgani hozirça ma’lum emas. Deputatlar qonunni 17 mart kuni qabul qilib, ma’qullaş uçun Senatga yubordi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova