Jamiyat | 23:07 / 09.04.2017
23651
2 daqiqa o‘qiladi

Shok-video: 150 metr bo‘shliq ustidagi shaffof suzish havzasi

Texasning eng katta shahri markazida Market Square Tower osmono‘par inshooti qad ko‘tardi. Shahar ma'muriyati 2016 yilning kuzidan ijarachilarni izlashga tushdi, binoning rasmiy ochilish marosimi bo‘lmagan bo‘lsa-da, u ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining bosh art-obekti bilan diqqatni jalb qila boshladi. TJ shu haqida ma'lumot berdi. 

Quruvchilar 2016 yilning bahoridayoq noan'anaviy, lekin funksional "samoviy suzish havzasi" haqida ma'lum qilishgan edi. Uning tuzilmasi shundayki, havzaning bir qismi binoning tomidan chiqib turadi, uning ostida esa o‘nlab metr bo‘shliqdan boshqa hech narsa yo‘q.

Suzish havzasining shaffof qismi 20 santimetr qalinlikdagi pleksiglasdan bajarilgan: shu tufayli unda yurish va bir vaqtning o‘zida oyoq ostiga qarab, pastdagi hamma narsani ko‘rish mumkin. Suzish havzasining shaffof qismi kengligi - uch metr atrofida. 

Balandlikdan qo‘rqadiganlar uchun Market Square Town'ning to‘rtinchi qavatidagi ayvonda yana bir suzish havzasi bor. Turar-joy narxlari esa bir-biridan tubdan farq qiladi: 52 kvadrat metrlik apartamentlar oyiga 1805 dollarga tushadi, 278 kvadrat metrlik pentxaus esa o‘n karra qimmat turadi. 

 

 

Mavzuga oid