Turkish Airlines samolyoti bortida yo‘lovchi farzandli bo‘ldi
Afrikalik kelib chiqishga ega Fransiya fuqarosi Diabi Nafi "Konakri — Uagadugu — Istanbul" reysini amalga oshirayotgan Turkish Airlines aviakompaniyasi bortida qiz farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqida 9 aprel kuni Anadolu nashri xabar berdi.
Parvoz vaqtida ayolni to‘lg‘oq tutib qolgan. Turkish Airlines'ning maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan bort kuzatuvchilari 13 ming metr balandlikda ayolning farzandini dunyoga keltirishga ko‘maklashishdi.
Samolyot Burkina-Faso poytaxti Uagaduguda qo‘nganidan so‘ng yo‘lovchi ayol va uning farzandi shifoxonaga yetkazilgan. Ona va bolaning ahvoli yaxshi.
Ekipaj a'zolari esdalik uchun yangi tug‘ilgan qizaloq bilan suratga tushishdi.
Mavzuga oid
23:06 / 09.10.2024
Turkish Airlines uchuvchisi parvoz vaqtida vafot etdi
17:54 / 27.09.2024
Peshkuda 35 yoshli ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi
16:06 / 09.09.2024
Ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi. Shifokorlar undagi ko‘richakni «sehr» deb, «chalpak tarqatish»ni tavsiya qilgan
10:35 / 05.04.2024