Istanbul aeroportidan Turkish Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 layneri havoga kötarilib, Damaşq xalqaro aeroportiga qöndi. TK846 birinçi reysi Turkiya poytaxtidan Suriya poytaxtiga 349 yölovçi bilan parvoz qildi.

Samolyot bortida bölgan köplab odamlar laynerga çiqişdan oldin va samolyot salonida quvonçli his-tuyğularini yaşira olmadi. Yölovçilarning bir qismi qöllarida Turkiya va Suriya inqilobi bayroqlari bölgan.

Turk havo yöllari rasmiy veb-saytida e’lon qilinganidek, parvozlar haftada 3 marta amalga oşiriladi. Bu seşanba, payşanba va yakşanba kunlari soat 09:00 da Istanbul aeroportidan Damaşq xalqaro aeroportiga töğridan töğri reyslardir. Damaşq aeroportidan Istanbul aeroportiga qaytiş reyslari xuddi şu kunlarda soat 13:00 da amalga oşiriladi.

Suriya poytaxti aeroporti joriy yilning 7 yanvaridan xalqaro reyslarni qayta tiklagan. Bundan taşqari, Suriya havo yöllari samolyoti ötgan yilning 18 dekabrida Damaşq-Halab yönalişi böyiça ilk parvozini amalga oşirgan edi.

Ayni paytda, Turkiya va Suriya örtasidagi aloqalar 2024 yil 8 dekabrda Başar Asad rejimi qulaganidan söng jadal rivojlanmoqda. Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan öz mamlakatining Suriya inqiroziga aralaşuvi nafaqat asosli, balki zarur qadam ekanligini yana bir bor ta’kidlagandi.