Sport | 09:44 / 09.04.2017
8948
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Avstraliyada hakam videoassistent yordami bilan penalti belgiladi

Avstraliya A-ligasining 26-turida «Vellington Finiks» va «Sidney» jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda hakamning videoyordamchisi (VAR) xizmatidan foydalanildi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida, hisob 0:0 ko‘rinishida ekanida «Vellington Finiks» himoyachisi Marko Rossi o‘z jamoasi jarima maydoni hududida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. O‘yin hakami qoida buzilishini qayd etmadi va o‘yin davom etdi. Ammo biroz vaqt o‘tib hakam videoassistent tufayli penalti belgiladi. Belgilangan penalti Bobo tomonidan aniq ijro etildi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. «Vellington Finiks» o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Maykl Makglinchi urgan gol evaziga hisobni tenglashtirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid