Hujumçi Antuan Grizmann ikkinçi bölimning 90+8-daqiqasida afrikaliklar darvozasini işğol qilgan, ammo boş hakam Metyu Konger takroriy lavhani körib, ofsayd deb golni bekor qilgandi.

Keyinçalik bu qaror ustidan apellyatsiya şikoyati berilgan, biroq FIFA uni rad etgan. 

Eng bahsli vaziyatlar reytingi:

1. Grizmanning Tunisga urgan bekor qilingan goli

2. Urugvay himoyaçisi Xose Ximenes qöl bilan öynagani uçun Portugaliya penalti tepgani

3. Voysex Şçensni Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messiga qöpol öynagani uçun Polşa darvozasiga penalti belgilangani

4. Yaponiyalik yarimhimoyaçi Ako Tanakaning göyoki maydon taşqarisiga çiqib ketgan töp uzatib berilgaç, Ispaniyaga urgan goli

5. Ekvador hujumçisi Enner Valensiyaning Qatarga urgan goli ofsayd tufayli bekor qilingani.

6. Fransiyalik himoyaçi Teo Ernandes marokaşlik yarimhimoyaçi Sofian Bufalning oyoğiga zarba berganidan keyin penalti belgilanmagani

7. Angliya milliy jamoasi hujumçisi Harri Keyn fransiyalik himoyaçi Dayo Upamekano bilan töqnaşuvda yiqilib tuşganidan söng jarima zarbasi berilmagani

8. Portugaliyaliklar sardori Kriştianu Ronaldu ganalik himoyaçi Muhammad Salisu bilan töqnaşuv natijasida yiqilgaç, penalti belgilangani

9. Gana himoyaçisi Daniel Amarti va urugvaylik hujumçi Darvin Nunes töqnaşgan vaziyatda penalti belgilanmagani

10. Belgiya bilan öyinda Xorvatiyaga berilişi kerak bölgan penalti Deyan Lovren ofsaydga tuşgan deb baholab, bekor qilingani.