O‘zbekiston | 15:45 / 09.04.2017
11465
5 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

8 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati va tumanidagi Xalq qabulxonalari tomonidan Zangiota hamda Yangiyo‘l tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas'ul xodimlari, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta'limi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya va kartografiya davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, “O‘ztransgaz”, “GM-O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi, Toshkent viloyati hokimligi, shahar prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, sud idoralari rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yilning 7 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga Zangiota tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 14 983 tani tashkil qiladi. Shundan, 14 580 tasi jismoniy shaxslardan, 403 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan.

Bundan tashqari, kelib tushgan murojaatlarning 14 141 tasi (94,4%) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 842 tasi (5,6%) - ko‘rib chiqilish jarayonida.

Zangiota tumanidan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalar bo‘yicha ekanligi aniqlandi:

- Uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning ta'mirga muhtojligi masalasi bo‘yicha 2 483 ta murojaat (16,6%);
- Tabiy gaz ta'minoti masalasi bo‘yicha 1 361 ta murojaat (9,0%);
- Moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 1 058 ta murojaat (7,0%);
- Obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi masalalari, shu jumladan yo‘llarni ta'mirlash masalalari bo‘yicha 834 ta murojaat (5,6%);
- Sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi bo‘yicha 703 ta murojaat (4,7%);
- Sud qarorlarining ijro etilishi masalalari bo‘yicha 662 ta (4,4%);
- Bank-moliya masalalari bo‘yicha 662 ta murojaat (4,4%) va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.

Yangiyo‘l tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 5 768 tani tashkil qiladi. Shundan, 5 491 tasi jismoniy shaxslardan, 277 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan.

Bundan tashqari, kelib tushgan murojaatlarning 5 194 tasi (90%) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 574 tasi (10%) - ko‘rib chiqilish jarayonida.

Yangiyo‘l tumanidan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalar bo‘yicha ekanligi aniqlandi:

- Uy-joy olish va qurish uchun yer ajratish, joylarda uy-joylarning ta'mirtalabligi masalasi bo‘yicha 856 ta murojaat (14,8%);
- Fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish masalalari bo‘yicha 480 ta murojaat (8,3%);
- Moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 475 ta murojaat (8,2%);
- Mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 407 ta murojaat (7,1%);
- Sud qarorlarining ijro etilishi masalalari bo‘yicha 399 ta (6,9%);
- Sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi bo‘yicha 306 ta murojaat (5,3%);
- Bank-moliya masalalari bo‘yicha 271 ta murojaat (4,7%);
- Tabiy gaz ta'minoti masalasi bo‘yicha 244 ta murojaat (4,2%);
- Elektr ta'minoti masalasi, shu jumladan elektr energiyasini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi bo‘yicha 148 ta (2,6%) va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llangan 100 dan ziyod murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli sohalarga mas'ul bo‘lgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid