Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
O‘quvchilar daraxt oqlash, yer sug‘orish, qor kurash kabi ishlarga jalb qilingani aniqlangan.
Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan maktab direktori hamda ayrim pedagoglar tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holati aniqlandi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. Xabarda maktab raqami va pedagoglarning ismi-sharifi keltirilmagan.
Qayd qilinishicha, o‘quvchilar daraxt oqlash, yer sug‘orish, qor kurash kabi ishlarga jalb qilingan. Bu haqda fuqaro shikoyat qilgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan va tarbiyaviy jazo chorasi sifatida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlangan.
Qonunbuzarlik holati yuzasidan maktab ma’muriyatiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-modda (mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismi bilan ma’muriy jarima jazosi qo‘llangan. Jazoning miqdori xabarda keltirilmagan.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
17:51 / 12.06.2026