Dunyoning yarmini chopib o‘tishga qaror qilgan marafonchi O‘zbekistondan ham o‘tadi

Germaniyalik ultramarafonchi Kay Markus Hamburgdan Shanxayga yo‘l oldi. “Men Germaniyadan Xitoyga qarab chopib ketayotgan o‘sha “ahmoq” odamman”, - deydi u o‘zi haqida.
Start 12 mart kuni berilgan bo‘lib, finish esa 3 noyabrga – 235 kun va 14 491 kilometrdan so‘ng rejalashtirilgan.
Bugun, 10 aprel kuni u Rossiyaga kirib keladi, keyin esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali Xitoyga borishni mo‘ljallagan. Nemis sayohatchisining yo‘nalishi qisman Buyuk ipak yo‘lini ham eslatib yuboradi. O‘zbekistonda sayohatchi Nukus, Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkentdan o‘tishi kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishni madaniyatlarni yaqinlashtirish maqsadida qilmoqda. Kuch – birlikda ekanini ko‘rsatishga ahd qilgan.
Kay Bavariyada 1972 yilda tug‘ilgan. Bolaligidan suzish, chang‘i sporti, toqqa chiqish bilan shug‘ullangan. Joriy loyihaning umumiy qiymati esa – kamida 300 ming yevro.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi

19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi

12:58 / 21.01.2025