22:22 / 10.04.2017
4862

«Everton» futbolchisi Liverpuldagi barlardan birida kaltaklandi

«Everton» yarimhimoyachisi Ross Barkli APL doirasidagi «Lester» ustidan qozonilgan g‘alabani (4:2) nishonlash Liverpuldagi barlardan biriga tashrif buyurganida uni noma'lum shaxslardan biri kaltakladi, deya xabar bermoqda The Guardian.

Manba bergan xabarga ko‘ra,voqea 9 aprel kuni sodir bo‘lgan. Vaziyat sodir bo‘lgan paytda futbolchi kuzatuv kameralari tasviriga tushib qolgan. Videoyozuvga ko‘ra, noma'lum shaxs Barkli bilan xotirjam ohangda gaplashib turganida, kutilmaganda unga zarba berib qolgan. Zarba natijasida Ross muvozanatni yo‘qotgan.

Hozirgi vaqtda mahalliy politsiya sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Mavzuga oid
Top