Jahon | 19:25 / 10.04.2017
5860
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Milliy banki rahbari iste'foga ketishga qaror qildi

Ukraina Milliy banki rahbari Valeriya Gontareva joriy yilning 10 mayidan iste'foga ketishi haqida ariza berdi. Avvalroq u o‘z lavozimini tark etishi mumkinligi bir necha marotaba aytilgandi. Bu haqdagi xabar Ukraina Milliy banki saytida joylashtirildi.

"Va'da qilganimdek, lavozimimdan bo‘shashim haqida bir oy oldinroq xabar bermoqdaman", deb aytdi Gontareva. Uning aytishicha, "uning missiyasi yakunlandi": "mamlakat egiluvchan valyuta kursiga o‘tdi", "inflyatsion targetlashning yangi monetar siyosati boshlandi", shuningdek bank tizimi to‘lovga qodir bo‘lmagan banklardan tozalandi va Gontarevaning ta'kidlashicha, "kuchli zamonaviy tashkilotga" aylangan milliy bank qayta shakllantirildi.  

Ukraina bosh bankirining ta'kidlashicha, u Ukraina prezidentiga "o‘zining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan" bir necha nomzodni taklif qildi. 

Gontareva o‘zining iste'foga ketishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumanda agar Ukraina Oliy radasi uning ketishi masalasi bo‘yicha ovoz bersa, ertaroq ham o‘z lavozimidan ketishi mumkinligini istisno qilmadi. 

Uning aytishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi uning iste'fosidan xabardor qilingan. "Ular bundan juda ham baxtiyorlar deb ayta olmayman", deb aytdi Gontareva.

Mavzuga oid