Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Rossiyada MDH davlatlari fuqarolari ishtirokidagi qancha teraktning oldi olingani aytildi
Rossiyada o‘tgan yilda MDH davlatlaridan bo‘lgan shaxslar ishtirokidagi o‘n oltita teraktning oldi olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi yig‘ilishida ma'lum qildi.
"O‘tgan yilning o‘zidayoq Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Yekaterinburg, Tula, Ufa, Sochi, Novosibirsk va Nijniy Novgorod shaharlarida 16 teraktning oldi olindi. Guruh ishtirokchi MDH davlatlari fuqarolari bo‘lishgan, xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 46 ta bo‘linmasi yo‘q qilindi", - deya xabar berdi Bortnikov.
Uning ta'kidlashicha, FXX boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda ogohlantiruvchi va tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirmoqda, ular terrorchilar hujumiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan.
"Terrorizmni moliyaviy va boshqa resurslar orqali qo‘llab-quvvatlash, qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar noqonuniy aylanmasi bo‘yicha yo‘laklarni fosh etish va faoliyatiga nuqta qo‘yish bo‘yicha ishni davom ettirish talab etilmoqda", - deya aytib o‘tgan u.
Bortnikovning fikricha, yana bir muhim vazifa terrorizm mafkurasi va terrorchilik faoliyatiga muhojirlarni jalb qilishga qarshi kurashishdir.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026