Jahon | 08:24 / 11.04.2017
8925
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Donbass ko‘mirini musodara qilish masalasini muhokama qiladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisida Kiyevga bo‘ysunmaydigan Donbassda qazib olingan ko‘mirni musodara qilish masalasini muhokamaga kiritmoqchi. Bu haqda prezidentning Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «112 Ukraina» telekanali.

«Prezident Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida ko‘mirni musodara qilish ehtimoliga doir masalani muhokamaga kiritishi mumkinligi haqida aytdi», — degan Lutsenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donbass ko‘miri Rossiyaga ketmoqda. U yerdan Rossiya mahsuloti sifatida Ukrainaga yoki boshqa mamlakatlarga qayta sotish rejalashtirilgan. 

Avvalroq, o‘zini mustaqil respublika deb e'lon qilgan «Donetsk xal respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenko, hududda qazib olingan metall va ko‘mir Kiyevga sotilmasligi haqida bayonot bergan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid