O‘zbekiston | 18:27 / 11.04.2017
4669
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Misrdagi teraktlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga Tanta va Iskandariya shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani hamda jarohatlangani yuzasidan hamdardlik maktubi yo‘lladi.

TIV matbuot xizmati xabarida aytilishicha, davlat rahbari Misr prezidenti, Misr xalqi va halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga sog‘lik tilagan.

9 aprel kuni Misrdagi cherkovlarda bir necha soat farqi bilan 2 marta portlash sodir etildi. Tanta shahrining asosiy cherkovida sodir etilgan terakt tufayli 30 kishi halok bo‘lib, 80 kishi tan jarohatini oldi. 

Keyinroq esa boshqa bir terrorchi Misrdagi ikkinchi yirik shahar bo‘lmish Iskandariyadagi cherkovga kirish joyida o‘zini portlatib yuborgan. Bu yerda xudkushni to‘xtatgan va uni cherkovga kiritmagan to‘rt nafar politsiya xodimi ham halok bo‘ldi.

Mavzuga oid