Spiegel: Merkel yomon oqibatning oldini olish uchun Moskvaga kelmoqda
Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina va Suriyadagi inqirozlarga barham berish bo‘yicha olg‘a siljish ko‘zga tashlanmaguncha Moskvaga kelmoqchi emas edi. Biroq, uning qarashlari kutilmaganda o‘zgarib ketdi, deb yozmoqda Spiegel nashri.
Merkel 2 may kuni Moskvaga keladi. Berlin ma'muriyati bu tashrifni Hamburgda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga tayyorgarlik, deb aytmoqda.
"Aslida, bu safar — yomonlikning oldini olishga urinishdir", — deyiladi maqolada.
Nashr taxminiga ko‘ra, nemis diplomatlari Ukrainadagi vaziyatni o‘ta xavfli deb baholashadi. So‘nggi oylarda Donbassdagi ahvol ancha yomonlashdi, deb yozadi maqola muallifi. Shu bilan birga, Donald Trampning Amerika prezidentligi uchun g‘alabasi jahon siyosatidagi qartalarni qorishtirib yubordi. Tramp Vashingtonda lavozimiga kirishganidan 3 oy o‘tgan bo‘lsa-da, Rossiyaga nisbatan siyosat borasida aniq to‘xtamga kelgani yo‘q.
"Vaziyat o‘ta xavfli", — deb yozgan Spiegel, kansler ma'muriyati esa boshqa narsani kutayotganini ta'kidlaydi.
Tramp saylanganidan so‘ng, Berlindagilar, uning Ukraina bo‘yicha Putin bilan kelishib olishidan xavotirlanishgan edi. Bu kanslerning obro‘siga putur yetkazar edi. Chunki, Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalarning jiddiy tarafdorlaridan biri edi.
"Ammo, aksi ro‘y berdi. Vashington Moskvaga nisbatan shunchalik kutish siyosatini tanladiki, ishlashning o‘zi mushkul vazifaga aylanmoqda. AQSh va Rossiyaning faol yaqinlashuvi emas, balki umuman aloqasizligi bosh og‘rig‘iga aylandi".
Amerika prezidenti ma'muriyatining "Rossiya bilan aloqalari"ni surishtirish Tramp ma'muriyatini "mudofaaga o‘tishga" majbur qildi. Endi esa, u Rossiyaga yaqinlashish yo‘lini topa olmayapti. "Ayni vaqtda Tramp Moskvaga aloqador barcha narsada salohiyatga ega emas", — deya federal hukumatdagi manba so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Hozircha, Kreml kutishni ma'qul ko‘rmoqda, deydi Spiegel. Moskva Vashingtonda qaysi kuchlar g‘olib chiqishini diqqat bilan kuzatayapti. U yerda Moskvaga do‘stona yoki dushmanona kayfiyatdagilar qo‘li baland kelishi noma'lum. Shunday ekan, "xavfli bo‘shliq" paydo bo‘ldi.
Merkel, o‘z navbatida, yuzaga kelgan vaziyat juda ham jiddiy, deb hisoblaydi. Kantsler uch hafta muqaddam, "amerikaliklarni o‘yinga qaytarish uchun" Vashingtonga kelgan edi, endi esa Rossiyaga yo‘l olmoqda.
Mavzuga oid
17:45 / 02.11.2024
Prokurorlikdan vitse-prezidentlikka qadar. Kamala Harris kim?
15:30 / 02.11.2024
AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi
10:48 / 02.11.2024
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?
10:30 / 02.11.2024