Jahon | 17:46 / 11.04.2017
8891
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada ikki nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Rossiya mudofaa vazirligi xabar qilishicha, Suriyada jangarilarning hujumi oqibatida ikki nafar rossiyalik harbiy xizmatchi hayotdan ko‘z yumdi. Yana bir askar og‘ir yaralangan, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda. 

Vazirlikning qayd etishicha, rossiyalik shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiylar  Suriya armiyasining bo‘linmalaridan birida bo‘lgan. Ular harbiy maslahatchi bo‘lgan ofitser bilan birga aniq o‘q otishni o‘rgatuvchi instruktorlar sifatida faoliyat yuritgan. Jangarilar ularni minomyotlardan o‘qqa tutgan. 

"Qo‘mondonlik rossiyalik harbiy xizmatchilarni davlat mukofotlariga taqdim etdi", — deb qo‘shimcha qilingan Mudofaa vazirligi xabarida.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid