Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Antarktidada o‘z aerodromini qachon qurishi ma'lum qilindi
Xitoy Antarktidada aerodrom qurishni 2018 yilda boshlaydi. Bu haqda Xitoy qutb tadqiqotlari Instituti direktor o‘rinbosari Sun Bo ma'lum qildi.
Seshanba kuni Xitoyning 2016 yil 2 noyabr kuni boshlangan 33-arktik ekspeditsiyasi yakunlandi. Ichida ekspeditsiyaning 256 a'zosi bo‘lgan "Syuelun" ("Qor ajdari") muzyorar kemasi 161 kun davomida 31 ming dengiz milyasini bosib o‘tdi.
"Boshlanishida aerodrom faqatgina uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘ladi, shuning uchun qurilish oson kechmaydi – bizga tanlangan joyni tekislash va uni shunday holatda saqlab turish talab etiladi", - deya ma'lum qilgan Sun Bo China Daily gazetasiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, aerodrom Xitoyning "Chjunshan" arktik stansiyasi yonida joylashadi.
Uning qayd etishicha, aerodrom qurilishi Xitoyning 34-arktik ekspeditsiyasi vaqtida boshlanishi kerak, u Antarktidaga joriy yilning oxiriga qadar yetib boradi. Sun Bo Xitoy kelajakda aerodromdan katta samolyotlar maxsus chang‘ilarsiz foydalanishi uchun boshqa uchish-qo‘nish yo‘laklarini ham qurishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026