Jahon | 09:57 / 12.04.2017
5268
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada IShID safiga qo‘shilgan shaxslar fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin

Rossiya fuqaroligiga qabul qilish borasidagi qaror, agarda ma'lum bir shaxslar Rossiyada taqiqlangan IShID terrorchilik guruhi safiga borib qo‘shilgan bo‘lsa, qaytib olinishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin "Mir 24" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq, biz hech kimni fuqarolikdan mahrum qila olmaymiz. Biroq biz Rossiya fuqaroligini olish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan tegishli qarorlarni bekor qilishimiz mumkin. Biz huquqshunoslarimiz bilan maslahatlashamiz, hamda o‘ylaymanki, bunday qaror yaqin orada qabul qilinadi", - dedi u.

Rossiya prezidenti bu haqda Qozog‘istonda qabul qilingan shunday qonunga izoh berar ekan, ma'lum qilgan.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etgan qozog‘istonliklar fuqarolikdan mahrum qilinishi haqida ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid