Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev "Algoritm" zavodi hududidagi qo‘shma korxonaga tashrif buyurdi
Foto:UZA
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Roison Home White Goods” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Chilonzor tumanidagi sobiq "Algoritm" zavodi hududida tashkil etilgan “Roison Home White Goods” qo‘shma korxonasining umumiy yer maydoni qariyb 23 gektar, bino va inshootlar maydoni 9,7 gektar. Hozir bu yerda 50 dan ortiq tadbirkorlik sub'yekti maishiy texnikalar, to‘qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari, mebel, qog‘oz buyumlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.
Shu yerda Chilonzor tumanida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini ta'kidladi. Mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, investitsiya jalb qilish va kreditlar ajratish, eksportni rag‘batlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024