Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp KXDRga zarba berishdan avval Yaponiya bilan maslahatlashishga va'da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega, Vashington KXDRga nisbatan qandaydir harakatlar qilishdan avval Tokio bilan maslahatlashishiga va'da berdi. Kyodo’ning diplomatik manbalarga asosan xabar berishicha, bu haqda ikki davlat rahbarining yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida aytilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Oq uy rahbari KXDRga qarshi harbiy kuch ishlatilsa, Yaponiya qanday tahlikada qolishini yaxshi tushunishini aytgan. Tokioda voqealar rivoji shunday kechsa, mamlakat Pxenyan tomonidan javob zarbasi nishoniga aylanishi mumkinligidan xavfsirashmoqda. Shuningdek, Tramp muloqot davomida Abega AQShning KXDRga nisbatan siyosati Obama davridagi “strategik sabr”dan “tinchlik kuch evaziga” prinsipiga o‘tganini tushuntirishga harakat qilgan.
Bundan tashqari, Amerika prezidenti o‘z suhbatdoshiga Vashington KXDRda ishlovchi Xitoy kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar to‘plamini tayyorlab qo‘yganini aytgan. Ular Pekin Pxenyan raketa-yadro dasturini to‘xtatishga qaratilgan urinishlarda hamkorlik qilmasa, kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Koreya yarim orolidagi vaziyat o‘tgan yilning boshidan boshlab yana keskinlashdi, o‘shanda Pxenyan yadro sinovini o‘tkazdi hamda keyinchalik Yer sun'iy yo‘ldoshiga ega ballistik raketani uchirdi. 2016 yilning sentabrida KXDR yana bir yadro sinovini o‘tkazdi, yil davomida esa 20dan ortiq raketalarni uchirdi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
16:44 / 22.06.2026