Jahon | 17:10 / 13.04.2017
8741
1 daqiqa o‘qiladi

Putin keyingi oyda Xitoyga borishini tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi bosh vazirining o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qildiki, u Pekinga borib «Bir  mintaqa — bir yo‘l» forumida ishtirok etadi. Bu haqda TASS agentligi ma'lumot bergan.

«XXR raisining «Bir  mintaqa — bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etish taklifi bo‘yicha Pekinga ishchi tashrif bilan borishni rejalashtirganman», – degan Putin.

Bundan oldinroq 2017 yilning mayida Pekinda o‘tkaziladigan «Buyuk Ipak yo‘li» sammitida ham Rossiya prezidenti ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

Pekinda 14-15 may kunlarida  «Bir mintaqa, bir yo‘l» shiori ostida oliy darajadagi xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid