Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada MDH davlatlaridan bo‘lgan migrantlar qator joylarda ishlashi taqiqlanishi mumkin
MDH davlatlaridan bo‘lgan mehnat migrantlariga aeroportlar, davlat obektlari qurilishida, shuningdek, oliy ta'lim dargohlari, maktablar va bolalar bog‘chalarida ishlash taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
Ular Rossiyaga kirish chog‘ida barmoq izlarini topshirishga majbur bo‘lishadi, ijaraga olingan xonadonlar egalari esa ular haqida tegishli joyga xabar qilishadi. Bunday tashabbus Sankt-Peterburg Qonunchilik yig‘ilishi deputati Andrey Anoxin (“Yedinaya Rossiya” – “Yagona Rossiya”) tomonidan ilgari surildi.
Parlamentariy “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi va “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunlarga qo‘shimchalar to‘plamini ishlab chiqdi. Ular MDH fuqarolarining Rossiyaga kirishi, bu yerda ishlashi va bo‘lishi qoidalarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Qonun loyihalari Federal yig‘ilish, Tergov qo‘mitasi, FXX, IIV va Bosh prokuraturaga baholash uchun yuboriladi.
Hujjatda MDH davlatlaridan bo‘lganlarning ishlashini butunlay taqiqlash taklif etilayotgan muassasa va sohalar ro‘yxati keltiriladi. Ular orasida – oliy ta'lim dargohlari, maktablar, bolalar bog‘chalari, transportdagi xavfsizlik sohalari, mudofaa majmuasi obektlarining qurilishi va undan foydalanish, atom energetikasi, transport va aloqa, yirik shaharlar va sanoat markazlari hamda boshqa strategik obektlar faoliyatini ta'minlash kabilar bor. Batafsil ro‘yxat hukumat tomonidan o‘rnatilishi taklif qilinmoqda.
Agarda qonun qabul qilinsa, Hamdo‘stlik davlatlarining Rossiyaga ishlash uchun kelgan fuqarolari ish beruvchining taklifnomasini taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa mehnat migranti so‘nggi pullarini chiptaga sarflashi, Rossiyada esa ish topa olmasligi hamda shu bilan birga, ortga qaytib ketishga ham imkoni yo‘qligi bilan bog‘liq holatlar kuzatiladi. Bunday shaxs keyinchalik o‘g‘rilik yoki talonchilik qilishga majbur bo‘ladi, shuningdek radikal tashkilotlardan bo‘lganlar ta'siriga tushishi mumkin.
Anoxin shuningdek, chegarada qo‘shni davlatlardan kelgan barchaning barmoq izlarini olish taklifi bilan chiqdi. Bu tashabbus qonunchilikka qo‘shimchalar to‘plamiga kirmadi, uni deputat kuch mahkamalariga alohida jo‘natmoqchi.
Ayni damda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi davlatlar fuqarolari (RFdan tashqari bu Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) Rossiyada hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarni olmay turib ishlashi mumkin. Turkmaniston fuqarolari esa ishga ruxsatnoma olishi darkor. MDHdagi boshqa barcha davlat fuqarolariga mehnat patenti beriladi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026