Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada BMT XKda Suriya bo‘yicha ovoz berishda nima uchun betaraf qolinganini tushuntirib berishdi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov nima uchun Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashida Suriya inqirozi bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolganini tushuntirib berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ovoz berish jarayoni BMT XKda chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Rossiya o‘z huquqidan foydalanib, Damashqqa ayblovlar bo‘lgan hujjatni to‘sib qo‘ydi. Rezolyutsiyaga Boliviya ham qarshi chiqdi, Xitoy va Qozog‘iston esa ovoz bermaslikni ma'qul topdi.
Abdrahmanovning ta'kidlashicha, Qozog‘iston delegatsiyasi Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilishini qoraladi va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
«Shu bilan birga Qozog‘iston ovoz berishda betaraf qolish haqidagi qarorni ikki sababga ko‘ra qabul qildi: birinchidan, Qozog‘iston Suriyada kimyoviy qurol ishlatilishi bilan bog‘liq ehtimoliy fakt BMT va kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha Tashkilot boshchiligida obektiv, to‘la hajmda va jiddiy ravishda tekshirilishi tarafdori», - deyiladi Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, vazir Suriya mojarosini hal qilish bo‘yicha Ostona jarayonini eslab o‘tgan, u Jyeneva muzokaralarining ajralmas bir qismidir. Abdrahmanovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston bu masalada xolislikni saqlab qoladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026