Jamiyat | 20:46 / 14.04.2017
31900
2 daqiqa o‘qiladi

Sakkiz oyoq-qo‘l bilan tug‘ilgan bola Hindistonda operatsiya qilindi

Foto: AFP

Sakkiz oyoq-qo‘l bilan tug‘ilgan bola Hindistonda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bunday jarrohlik amaliyoti birinchi marta o‘tkazilishi bilan diqqatga sazovordir. Bu haqida Daily Sabah'da xabar berildi.

17 oylik Karam Iroqda favqulodda og‘ir holatda tug‘ilgan - egizak homilaning biri onaning qornida to‘liq shakllanib ulgurmagan va buning natijasida ikkinchi bola qo‘shimcha oyoq-qo‘llar bilan dunyoga kelgan.

Bolaning otasi Sarvad Ahmad Nadar uni operatsiya qildirish uchun Hindistonga olib keldi, u yerda shifokorlar ortiqcha a'zolarni olib tashlash bo‘yicha uch bosqichli operatsiyani amalga oshirishdi.

Dunyoda bu kasallikning atigi besh yoki olti holati ma'lum, shu bois bunday jarrohlik amaliyoti shifokorlar uchun qiyin kechgani muqarrar, deydi shifokorlar jamoasi a'zosi, katta ortoped Gaurav Ratore.

"U bizga olib kelinganida atigi ikki haftalik edi, bunday holatlar kamdan-kam uchraydi", - dedi Ratore.

"Bugunga qadar bizning "sarguzashtlarimiz" muvaffaqiyatli kechdi. Karam - juda dovyurak bola, aslini olganda, u juda baxtli bolakay.
.
Jaypee kasalxonasi shifokorlari operatsiyani uch bosqichda amalga oshirishdi - dastlab ortiqcha oyoq va qo‘llar olib tashlandi, so‘ngra yurakdagi muammolar bartaraf etildi. Qolgan muolajalar uning ulg‘ayish davri mobaynida amalga oshiriladi.

"U mening yagona va birinchi farzandim. Uning salomatligi borasida xavotirlarim ko‘p edi, lekin men hech qachon umidimni uzmaganman", - deydi 28 yoshli Nadar. 

Mavzuga oid