Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 76,6 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlanadi
Samarqand viloyatida mehnat bozoridagi vaziyatni yumshatish, odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, ishsiz aholi qatlamlarini bandligiga ko‘maklashish va ijtimoiy muhofaza qilish borasida qanday ishlar amalga oshirilyapti?
Bu to‘g‘risida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida viloyat mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Mamajonov hisobot berdi, deb xabar bermoqda O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, 2017 yilda 76,6 ming nafar fuqaroning yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlarida bandligi ta'minlanish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan yanvar-fevral oylarida barcha manbalar hisobidan 6 ming 719 ta ish o‘rinlari tashkil etildi. Bundan tashqari yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 6 ming 533 nafar ishsizlarni bandligi ta'minlangan. Yaratilgan ish o‘rinlarining salmoqli qismi Paxtachi, Payariq, Tayloq, Urgut, tumanlari va Samarqand shahri hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ishga joylashtirilganlarning aksariyatini ko‘p bolali, nogiron farzandlari bo‘lgan ota-onalar, ta'lim muassasalarini tugatgan yoshlar tashkil etadi. Ular orasida nogironlar va jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ham mavjud.
Joriy yil yanvar-fevral oylarida ish so‘rab murojaat qilgan 318 nafar fuqarolarga maqbul keladigan ish topish imkoni bo‘lmaganligi uchun ishsizlik maqomi berilib, ularning aksariyati kasb o‘rganishga, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va 51 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Deputatlar joylarda o‘tkazib kelinadigan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari” natijalari bilan qiziqdilar.
—2017 yilning yanvar-fevral oylarida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari barcha tuman va shaharlarda 3 marotaba tashkil etilib, yarmarkalarga 2 ming 678 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan 223 ta salohiyatli ish beruvchi korxonalar jalb etildi, - dedi viloyat mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Mamajonov. —Natijada 142 nafar ish izlovchi fuqarolarga xalq xo‘jaligining turli sohalariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilgan.
Berilgan ma'lumotlarni tahlil qilgan deputatlar o‘z xulosalarini bildirishdi.
—Viloyatda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining samaradorligi pastligicha qolmoqda, - deydi viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining vakili Abdumo‘min Jo‘rayev. —Bunga sabab aksariyat bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar yarmarkalarda to‘liq ko‘rsatilmayapti. Qolaversa, aholini ish bilan ta'minlashda mahallalar bilan hamkorlikdagi ishlar ham qoniqarli darajada emas. Xususan, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar qishloqlarda aholiga vaqtida yetkazilmayapti. Bu esa chekka hududlarda ishsiz aholining ortishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda Jomboy tuman hokimi o‘rinbosari Anvar Suyunovning iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‘yicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizning to‘liq ta'minlash borasidagi axboroti ham eshtildi.
– Tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar yildan-yilga o‘zining salmoqli natijasini bermoqda, – deydi Jomboy tuman hokimi o‘rinbosari Anvar Suyunov. – 2016 yilda 31,0 ming tonna boshoqli don, ming tonna kartoshka, 172,5 ming tonna sabzavot yetishtirilib, 7,1 ming tonna go‘sht, 72,1 ming tonna sut, 71,2 mln dona tuxum va 153 tonna baliq mahsulotlari aholiga yetkazib berildi. Shuningdek, tumanda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga ham e'tibor qaratilmoqda. Xususan joriy yilda umumiy eksport kiymati 43 mln. 325 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi sabzavot, meva, dukkakli don va uzum mahsulotlarini eksport qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, deputatlar tumanda faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik sub'yektlari soni yuqori bo‘lib qolayotganligi, ularni qayta tiklash maqsadida maxsus komissiya tuzib, masalani o‘rganib chiqish va tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish lozimligini ta'kidlashdi.
Yig‘ilish yakunida deputatlar sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar va tafsiyalarini berishdi. Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026