Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligida Osiyo va Okeaniya kurash konfederatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
2017 yil 4 yanvarda o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya kurash konfederatsiyasining ta'sis kongressi tomonidan Osiyo va Okeaniya kurash konfederatsiyasini tashkil qilish va uning ta'sis hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Osiyo va Okeaniya mintaqasida kurash sport turi va uning qadriyatlarini targ‘ib va himoya qilishdan iborat.
Osiyo va Okeaniya kurash konfederatsiyasining ta'sis kongressida konfederatsiya Prezidenti etib Ro‘ziyev Komil Ismoilovich saylangandi.
Osiyo va Okeaniya kurash konfederatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 14 aprel kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligida ma'lum qilindi.

Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasida konfederatsiya prezidenti K.I.Ro‘ziyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda K.I.Ro‘ziyevga nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlari tushuntirildi hamda konfederatsiyaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirilib, konfederatsiyaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
Mavzuga oid
18:08 / 21.06.2026
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan suv fondi yerlariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinadi
18:35 / 20.01.2026
Yil yakuniga qadar har bir tuman va shahardagi maktabda kurash klubi ochiladi
13:10 / 25.11.2025
Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi yangidan belgilab qo‘yildi
17:06 / 27.09.2025