Jamiyat | 07:29 / 15.04.2017
5858
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada chiqindilar uyumi 40 uyni bosib qoldi

Foto: AFP

Shri-Lanka poytaxti Kolomboda uylarni chiqindi uyumlari bosib qolishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi 14 aprelda hind OAV. Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida 3 bola ham bor. Yana 11 kishi jarohat olgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, uzoq davom etgan yomg‘irlar sababli chiqindixonadagi chiqindilar uyumi uylar tomon harakatlana boshlagan, so‘ngra yonib ketgan va uylarni bosib qolgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, uyum ostida 40 uy qolib ketgan. 

"Omon qolganlar qidirilishi davom etmoqda", deb aytilgan mahalliy politsiyada. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid