Amerika suvosti kemasi Hind okeanida Şri-Lanka qirğoqlari yaqinida Eron harbiy kemasini çöktirib yubordi. Bu haqda dastlab Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar tarqatdi. Köp ötmay Pentagon rahbari Pit Hegset maxsus brifingda uşbu kemani amerikaliklar torpedasi çöktirganini tasdiqladi.
«Amerika suvosti kemasi Eronning xalqaro suvlarda özini xavfsiz deb hisoblagan harbiy kemasini çöktirib yubordi», – degan Hegset.
U Eron harbiy-dengiz kuçlari Amerika-Isroil qöşma amaliyotining asosiy nişonlaridan biri ekanini ta’kidlagan.
Uning sözlariga köra, amerikalik harbiylar Fors körfazida Eron harbiy-dengiz kuçlarining asosiy jangovar kemasiga ham zarbalar yöllagan. Gap Donald Trampning birinçi prezidentligi davrida Iroqda amerikalik harbiylar tomonidan öldirilgan eronlik sobiq general Qosim Sulaymoniy şarafiga nomlangan «Sulaymoniy» nomli kema haqida ketmoqda.
4 mart kuni tongda Şri-Lanka sohilidagi Galle şahri yaqinida Eronning «Dena» (IRIS Dena) nomli harbiy fregati halokat signali yuborgani xabar qilingandi. Köp ötmay kema çökib ketgan. Şri-Lanka hukumati bortda bölgan 32 kişini qutqargan, şuningdek, dengizdan bir qança jasadlar olib çiqilgan.
Kemada aynan qança odam bölgani ma’lum emas.
Reuters agentligi Şri-Lanka TIVga asoslanib bergan sönggi xabarga köra, hujum oqibatida kamida 80 kişi halok bölgan.


















