Light | 19:00 / 16.04.2017
14962
1 daqiqa o‘qiladi

Baliq mahsulotlari diabet rivojining oldini oladi

Baliq mahsulotlarida mavjud omega-3 yog‘li kislotlari birinchi turdagi diabetning oldini olishi mumkin. Shuningdek ular yordamida kasallikni tashxislash vaqtida umumiy ahvol yaxshilanadi. Bu haqida "Ortodoks" tibbiy portalida xabar berildi. 

Guandun texnologiya universiteti xodimlari uzoq vaqt davomida tibbiy tajriba o‘tkazib, shunday xulosaga kelishdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, birinchi turdagi diabet bilan kasallangan sichqonlarning kundalik ratsioniga har kuni omega-3 yog‘li kislotalari qo‘shilgan. 

Olimlar har uch oyda omega-3 berilgan sog‘lom sichqonlar va bunday kislotalar bilan oziqlanmagan sichqonlarni nazorat qilib borishgan.

Omega-3 yog‘li kislotasining ratsionga qo‘shilishi glyukoza almashinuvi ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid