Pensilvaniya universiteti olimlari terapevtik DNKni hujayralarga lipid nanozarraçalari yordamida yetkazişning xavfsiz usulini işlab çiqib, gen tibbiyoti sohasida ulkan yutuqqa erişdi. Texnologiya diabet, saraton va yurak kasalliklarini davolaş usullarini özgartirib yuborişi mumkin.
Ilgari DNK yetkazib beriş böyiça urinişlar halokatli immun reaksiyalarni keltirib çiqargan edi, biroq yangi tizimga nitroolein kislotasi qöşilişi yalliğlanişni bostirib, siçqonlar ustida ötkazilgan sinovlarda 100 foiz bardoşlilikni ta’minlagan.
Bir neça soat içida parçalanib ketadigan mRNKdan farqli ölaroq, DNK yarim yilgaça faol qoladi — bu surunkali kasalliklarni davolaşda muhim ahamiyatga ega. Bundan taşqari, uşbu usul nojöya ta’sirlarni minimallaştirib, genetik körsatmalarni aniq hujayralarga yetkaziş imkonini beradi.
Lipid nanozarraçalari COVID-19 ga qarşi qöllanilgan mRNK-vaksinalaridagi kabi «konteyner» usulida işlaydi. Ular terapevtik DNKga yuklanadi. Şu bilan birga, nitroolein kislotalar STING yölini bloklaydi, natijada hujayralar kasallikka qarşi kuraşuvçi maqsadli oqsillarni işlab çiqarişni boşlaydi.
Olimlar jamoasining kaşfiyoti begona DNKni bemorlarga kiritiş xavfi bilan boğliq muammoni hal qildi.
Endi ular boşqa töqimalar va kasallik modellarida sinovlar ötkazişni rejalaştirmoqda. Agar usul samaradorligi tasdiqlansa, u viruslar yoki inʼeksiyalar bilan boğliq xavflarsiz uzoq muddatli gen terapiyasi davrini boşlab beradi.













