Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik deputatlar Bashar Asad rafiqasini fuqarolikdan mahrum qilishni talab qilishmoqda
Buyuk Britaniya parlamenti a'zolari mamlakat ichki ishlar vazirligiga Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi, Londonda tug‘ilgan Asma Asadni Britaniya fuqaroligidan mahrum qilish talabi bilan murojaat qilishdi.
Suriyaning birinchi xonimi Asma Asad (qizlikdagi ismi Favaz al-Axras) Londonda 1975 yilda tug‘ilgan. Uning ota-onasi Suriyaning Xoms shahridan bo‘lib, o‘sha kezlarda Londonda yashashgan. Asmaning otasi kardiolog, onasi iste'fodagi diplomat. Asma Londondagi qizlar uchun maktabni bitirgan, London universitetining Qirollik kollejini kompyuter texnologiyalari va fransuz adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom bilan yakunlagan. Uning oilasi 2000 yilda Suriyaga qaytgan. Shu yilning o‘zida Asma Bashar Asadga turmushga chiqqan.
Britaniyalik deputatlar bir necha suriyalikning iltimosiga ko‘ra Asmani Britaniya fuqaroligidan mahrum qilishni talab qilishmoqda. Shuningdek, Asmani fuqarolikdan mahrum qilish masalasi quyi palatada ham ko‘tarilmoqchi.
Asma Asad ikki: Britaniya va Suriya fuqaroligiga ega. Avvalroq u Suriyadan ketish niyatida emasligini aytgandi.
Mavzuga oid
18:42 / 09.01.2025
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
21:45 / 25.12.2024
Asad asirasi: diktatorning xotini Moskvadan ketmoqchi
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
16:01 / 14.03.2021