Britaniya politsiyasi Suriya prezidenti Başar Asadning rafiqasi Asma Asadga nisbatan sudgaça tergov harakatlarini boşladi. Asma Asad Suriyadagi fuqarolik uruşi vaqtida terrorçilik harakatlariga undaşda va hukumat qöşinlarini oçiqça qöllab-quvvatlaşda ayblanmoqda.

“Harbiy jinoyatlar böyiça bölinma 2020 yil 31 iyulda Suriyadagi ixtilof yuzasidan murojaat olgan. Murojaat bölinma xodimlari tomonidan körib çiqilmoqda”, deb ma'lum qilingan politsiyada.

Sunday Times naşrining xabar qilişiça, tergov Guernica 37 xalqaro huquqiy palatasi bayonoti asosida boşlangan. Unda Asma Asad Suriyadagi fuqarolik uruşi vaqtida mamlakat qurolli kuçlarini oçiqça qöllab-quvvatlaganining isbotlari töplangan.

Naşrning ta'kidlaşiça, Suriya birinçi xonimining britan sudida paydo bölişi va prokuraturaning sirtdan sud tergovini davom ettirişi ehtimoli kam. Biroq naşr şu bilan birga, Asma Asad böyiça Interpol tomonidan “qizil xabarnoma” berilişi mumkinligiga yöl qöymoqda. Bu esa Asad xonimning Suriyadan taşqariga çiqa olmasligini, aks holda u uşlanişi mumkinligini anglatadi. Bundan taşqari, Britaniya hukumati uni fuqarolikdan mahrum etişi mumkin. 

45 yoşli Asma Asad Suriyada tuğilgan va Britaniyada ta'lim olgan. U Deutsche Bank va JPMorgan banklarida faoliyat yuritgan va Suriya hamda Britaniya pasportlariga ega. 2000 yilda u Suriyaga qaytib, Başar Asadga turmuşga çiqqan.

Asma Asad 2012 yildan beri Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolmoqda. 2017 yilda Britaniya parlamenti a'zolari Asad xonimni Britaniya fuqaroligidan mahrum etişni talab qilgan. 2020 yilda AQŞ Başar Asad va Asma Asadga qarşi navbatdagi sanksiyalarni kiritgandi.