Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Asma Asad turmushga chiqishidan oldin Britaniya razvedkasiga ishlagan bo‘lishi mumkin. Razvedka bilan aloqalari ortidan u Londondagi JP Morgan bankiga ishga joylashgani aytilmoqda.

Foto: AP
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad turmushga chiqishidan oldin Britaniya razvedkasiga ishlagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda suriyalik muxolif jurnalist Nizar Nayuf tomonidan e’lon qilingan hujjatlarga tayanib Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
Hujjatlarda keltirilishicha, 1990 yillarda Asma Asad britaniyalik razvedkachi Elize Bouler yordami bilan Londondagi JP Morgan bankiga ishga joylashgan. Ta’kidlanishicha, Suriya hukumati Asma Asadning bu kabi aloqalaridan xabardor bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu bois o‘sha vaqtdagi davlat rahbari Hofiz Asad o‘g‘lining Asmaga uylanishiga qarshilik bildirgan. Ammo telekanalning qayd etishicha, ushbu hujjatlarning haqiqiy ekanini hozircha isbotlashning imkoni yo‘q.
Dekabr oxirlarida The Times Asma Asad Buyuk Britaniyaga qayta olmasligini, chunki uning pasporti muddati o‘tib ketgani to‘g‘risida xabar bergandi. Gazetaning Britaniya TIVdagi manbalari Asad xonimda Birlashgan qirollikning amaldagi pasporti yo‘qligini tasdiqlagan.
Turkiyaning Haberturk nashri 23 dekabr kuni Asma Asad ajrashish uchun ariza berganini yozdi. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, unga Moskvadagi yashash tarzi yoqmayapti va u Londonga ketmoqchi, shu bois Rossiyadan chiqish uchun «maxsus ruxsat» so‘ragan, chunki Asadning o‘ziga mamlakatni tark etish taqiqlangan. Kreml esa ushbu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.
The Telegraph’ning yozishicha, Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasini leykozdan davolash bilan shug‘ullanayotgan shifokorlar uni boshqa odamlardan izolyatsiya qilib qo‘ygan. Tibbiyot xodimlari Asma Asadning omon qolish imkoniyatini «50/50» deya baholamoqda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
O‘zbekiston | 20:44
-
O‘zbekistonning yana bir kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi
Jahon | 20:16
-
Ukrainaning Sumi oblastidagi poligoniga zarba berildi
Jahon | 20:01
Mavzuga oid

23:00 / 20.05.2025
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi

21:36 / 20.05.2025
O‘zbekistonlik jangarilar Suriyada Rossiya harbiy bazasiga hujum qildi – OAV

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

11:34 / 17.05.2025