Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya TIV Rossiya bilan hamkorlik istagini izohladi
KXDR TIV sanksiyalar ostida qolayotgan bo‘lsada Rossiya bilan hamkorlikni rivojlanishni istaydi. Bu haqda rossiyalik jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida KXDR TIVning Yevropa mamlakatlari bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Kim Yon Xo aytib o‘tgan.
"Rossiya ham bizning mamlakat kabi AQSh va G‘arb tomonidan sanksiya qo‘llangan mamlakatdir. Davlatlarimiz o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlarini ham o‘zida aks ettiradi. AQSh xalqaro sahnada BMT Xavfsizligi kengashidan foydalanib, bizning mamlakatimizga sanksiya qo‘llab kelmoqda", degan shimoliy koreyalik diplomat.
U KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Ir 3 marta Rossiyaga tashrif buyurgani va "ikki mamlakat munosabatlarida katta yutuqlarga erishilgani"ni eslab o‘tgan.
"Oliy darajadagi uchrashuvlar va imzolangan hujjatlar ikki davlatning do‘stona munosabatlariga asos bo‘lgan. 2015 yilda bizning davlatimiz va RF o‘rtasida delegatsiyalar turli sohalarda uchrashuvlar o‘tkazishdi. 2016 yili BMT XKning rezolyutsiyasidan keyin ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishi davom etdi. Bizning irodamiz shunday", — degan Kim Yon Xo.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
15:47 / 16.03.2026