Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: IShIDga qarshi operatsiya boshlangandan so‘ng Mo‘sulni 500 ming kishi tark etdi
Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlangandan beri bu shaharni deyarli 500 ming kishi tark etdi. Bu haqda BMT vakili ma'lumotiga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Janglar boshlanganda, bizning eng yomon ssenariy bo‘yicha Mo‘sulni bir milliongacha fuqaro tark etishi mumkinligi taxmin qilingandi. Hozirga kelib 493 mingdan ko‘proq odam bor-budini tashlab shahardan chiqib ketdi", deb aytdi BMTning Iroqda gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Liz Grande.
IShID jangarilari Mo‘sulni bosib olishidan oldin bu yerda 1,5 mln dan ko‘proq aholi yashagan.
Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiya 2016 yil oktabrdan beri davom etib keladi. Shu vaqt ichida shaharning sharqiy qismi ozod qilingan. Hozirda janglar shaharning g‘arbiy qismi uchun olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026